Sayt test rejimida ishlayapti

Samarqand shahrida 80 ming odam kanalizatsiya xizmati bilan ta’minlanadi

Samarqand shahrida 80 ming odam kanalizatsiya xizmati bilan ta’minlanadi

6-7-yanvar kunlari “O‘zsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga bordi.

Jahon bankining kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan “Buxoro va Samarqand shaharlari oqova suv tozalash inshootlari va oqova tizimlari rekonstruksiyasi” loyihasi doirasida 2 ta oqova suv tozalash inshooti, 3 ta oqova suv nasos stansiyasi va 60,2 km. tarmoqlar qurish hamda rekonstruksiya qilish belgilangan.

Hozirda o‘zlashtirilgan mablag‘lar hisobidan Farhod qo‘rg‘onidagi 1 ta oqova suvlarini tozalash inshootini to‘liq rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, inshoot foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 60,2 km. oqova tarmoqlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari 100% yakunlandi.

1 ta oqova suv tozalash inshooti va 3 ta oqova suv nasos stansiyasini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari joriy yilning aprel oyiga qadar tugatilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha bo‘yicha iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan, Samarqand shahrida qo‘shimcha ravishda 3 ta KNS va 36 km. kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarilmoqda va ushbu qurilish ishlari ham joriy yilning so‘ngiga qadar tugatiladi.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida Samarqand shahrida 80 ming nafardan ortiq aholi markazlashtirilgan kanalizatsiya xizmatlari bilan taʼminlanadi, sanitariya va epidemiologik holat yaxshilanadi.

“Samarqand suv taʼminoti” Axborot xizmati