Sayt test rejimida ishlayapti

Suv taʼminoti tizimida muqobil manbalardan foydalanish ommalashmoqda

Suv taʼminoti tizimida muqobil manbalardan foydalanish ommalashmoqda

Aholiga ichimlik suvi yetkazish tannarxining katta ulushi elektr energiyasi sarfiga to‘g‘ri keladi. Misol uchun, 2020-yilda suv taʼminoti korxonalarining oylik elektr energiyasi sarfi 68 mln. kVtni (30,7 mlrd. so‘m), yillik sarfi esa 837 mln. kVtni (368 mlrd. so‘m) tashkil etdi.

Bunday xarajatlarni kamaytirish maqsadida sohaga muqobil manbalardan foydalanish amaliyoti tatbiq etilmoqda.

Jumladan, o‘tgan yilda dastlab Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida, keyinroq Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yakka tartibdagi suv inshootlarda sarflanayotgan elektr energiyasini tejash maqsadida, tajriba asosida Turkiyadan keltirilgan quyosh panellari o‘rnatildi. Bundan ko‘zlagan asosiy maqsad ushbu inshootlarda kunlik elektr energiyasi sarfini kamaytirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishdir.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatida elektr toki takroriyligini (chastota) o‘zgartiruvchi (PCHT) 34 ta uskuna o‘rnatildi va natijada yillik 374 ming.kVt (168 mln.so‘m) elektr energiyasi tejaldi.

2020-yilda 1251 ta nasos uskunasi taʼmirlanishi natijasida 21 mln. kVt (9,5 mlrd. so‘m) elektr energiyasi iqtisod qilindi.