Sayt test rejimida ishlayapti

Umumiy ma'lumot

Umumiy ma'lumot

"O‘zsuvta’minot" aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son farmoni bilan tashkil etilgan. Uning ustav kapitali O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining davlat unitar korxonalari ustav kapitalidagi davlat aktivlari va ulushlarini topshirish hisobiga shakllantirilib, ushbu korxonalar mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tuzilgan.

2020-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining ko‘rsatilayotgan suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarning to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha funksiyalari "O‘zsuvta’minot" AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga o‘tkazilgan.