Sayt test rejimida ishlayapti

Korrupsiyaga qarshi kurashish

“O‘zsuvta’minot” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati xalqaro standartlarga moslashtirilib, qaytadan ko‘rib chiqildi va yangi antikorrupsion tizim joriy qilinishi belgilandi.

Shu maqsadda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi kabi davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda tizimda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

“Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra:

  • tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishda “komplayens-nazorat” tizimini joriy qilish;
  • zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini yanada kengaytirish;
  • investitsiya loyihalarini tanlashda mahalliy kengashlar deputatlari va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish;
  • IT texnologiyalar jalb etish orqali billing va onlayn hisoblagichlarni o‘rnatish;
  • suv ta’minoti korxonalarining moliyaviy holatini yaxshilash;
  • iste’molchilarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish, suv yo‘qotishlarni kamaytirish va ish jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • xodimlarni ishga olish jarayonlarida shaffof va samarali tizim joriy qilish;
  • jamoatchilik nazoratining ta’sirchan shakllaridan foydalanish kabi vazifalar belgilangan.


“O‘zsuvta’minot“ aksiyadorlik jamiyati tizimidagi xodimlar tomonidan turli qoidabuzarliklar, noqonuniy va korrupsion holatlarni xabar qilish uchun quyidagi aloqa vositalari yo‘lga qo‘yilgan:


Sohada korrupsiya guvohi bo‘ldingizmi? U holda Antikorrupsiya agentligi mas’ullari bilan quyidagi elektron manzili orqali bog'laning: stopcorruption@uzst.uz. Shaxsingiz sir tutilishi kafolatlanadi.


Onlayn ariza qoldirish