Sayt test rejimida ishlayapti

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi

«O‘ZSUVTA’MINOT» AKSIYADORLIK JAMIYATINING YAGONA AKSIYADOR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyatining yagona aksiyador reglamenti, maqomini, uning ishi, o‘tkazilishi tartibi va u tomonidan qarorlar qabul qilinishini belgilab beradi.

2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (bundan keyin matnda - Konun), boshqa me’yoriy-normativ hujjatlar, Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish komissiyasining 2015 yil 31 dekabrdagi № 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga asosan ishlab chiqilgan.

3. Jamiyat yagona aksiyadori umumiy yig‘ilishining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlarni Jamiyatning yagona aksiyadori yozma ravishda rasmiylashtiriladi.

4. Jamiyatning yagona aksiyadori o‘z vakolatlarini huquqiy hujjat va shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiradi.

5. Jamiyat yagona aksiyadori xar yili yig‘ilish o‘tkazish majburdir, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.

6. Jamiyat yagona aksiyadorining yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilishlardir.


II. JAMIYAT YAGONA AKSIYADORINING VAKOLATLARI


Jamiyat yagona aksiyadori vakolatlariga quyidagilar kiradi:

- Jamiyat ustaviga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shu jumladan Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitalini) ko‘paytirish va jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish;

- Jamiyatni qayta tashkil etish;

- Jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;

- Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash,

- o‘rnatilgan tartibda tayinlanganidan keyin Jamiyat nomidan Jamiyat Boshqaruv raisi bilan mehnat shartnomalarini tuzish;

- qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar) va emissiya risolasini chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlash;

- qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar)ni chiqarish to‘g‘risidagi qarorga va emissiya risolasiga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish va ularning matnini tasdiqlash;

- e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;

- Jamiyat o‘z aksiyalarini olish;

- Jamiyat aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish qaror qilish;

- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

- Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

- Jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

- imtiyozli huquqni qo‘llamaslik to‘g‘risida ushbu O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;

- Jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;

- Jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish,

- “Taftish komissiyasi”, “Dividend siyosati”, “Ichki nazorat” va “Manfaatlar qarama qarshiligi” to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash;

- Jamiyat taftish komissiyasining o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining xulosalarini eshitish;

- belgilangan tartibda tayinlanganidan keyin Jamiyat nomidan Jamiyatning ichki audit xizmati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish;

- Jamiyatning boshqaruv va nazorat organlarining ma’ruza (hisobot) shakli va mazmuniga talablarni belgilash;

- Jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni o‘rta va uzoq muddat (besh yil)ga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash;

- biznes-reja va loyihalarning jamiyatni rivojlantirish maqsadlariga mosligi haqida mustaqil professional tashkilotlar – maslahatchilarni jalb etgan holda har yillik tahlillarni o‘tkazish haqida qaror qabul qilish va tahlil natijalarini eshitish;

- majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilish;

- Qonunning 84-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida hamda 88-moddasi beshinchi qismida ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

- dividendlar miqdori, shakli va to‘lash tartibi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

- Jamiyat Boshqaruv raisiga to‘lanadigan haq va (yoki) tovonni, shuningdek ularning maksimal miqdorini belgilash;

- Jamiyatning Korporativ boshqaruv kodeksining tavsiyalariga amal qilish majburiyati va xabar shaklini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilish;

- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va jamiyat Ustaviga muvofiq boshqa masalalarni hal qilish.

8. Jamiyat yagona aksiyadori vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijroiya organi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.

9. Ijro organi rahbari (Jamiyatning Boshqaruv raisi) jamiyat yagona aksiyadorining qarori bilan saylanadi.

10. Jamiyatning yagona aksiyadorining yig‘ilishida auditni o‘tkazgan auditorlik tashkilotining vakili, ichki audit xizmati xodimlari, Kengash a’zolari, taftish komissiyasi va Jamiyatning ijro organi ishtirok etishga haqlidir. Jamiyatning Kengash va Taftish komissiyasining vakillari, shuningdek auditorlik tashkiloti vakillari, jamiyatning yagona aksiyadorining yillik yig‘ilishida o‘z organlarining hisobotlari bilan shaxsan ishtirok etishlari shart.


III. JAMIYAT YAGONA AKSIYADORINING YIG‘ILISHI


11. Jamiyatning yagona aksiyadorini yig‘ilishni sifatli o‘tkazish va ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan muddatda o‘tkazish uchun ijroiya organi qo‘yidagilarni amalga oshiradi:

- auditorlik tashkilotlari bilan shartnomani tuzadi, Jamiyatning yagona aksiyadorining qarori bilan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish, shu jumladan moliyaviy hisobotni Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlash, shartnomada auditorlik tekshiruvini o‘tkazishning aniq muddatlari ko‘rsatiladi.

- Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan so‘ng Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan yillik moliyaviy hisobotlarning nashr etilishini ta’minlaydi.

Quyidagilar Jamiyatning ijroiya organi tomonidan ishlab chiqadi (tayyorlaydi):

- sof foydani taqsimlash (zararni qoplash) bo‘yicha loyihalar, har bir soha uchun asoslash va yagona aksiyadorlar yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan boshqa hujjatlar;

- Jamiyatning Taftish komissiyasiga ko‘rsatilgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hk.;

- Jamiyatning yillik hisoboti va yillik biznes-rejasi, shuningdek Jamiyatning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda uning aniq shartlarini belgilash bilan o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda jamiyat rivojlantirish strategiyasi loyihasi;

- ijroiya organi biznes-reja parametrlarining bajarilishi va jamiyatning rivojlanish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi hisoboti;

- audit o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash uchun tender o‘tkazadi.

12. Yagona aksiyadorning yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda etilishi lozim bo‘lgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosasi, jamiyatning Ustaviga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar loyihasi yoki jamiyatning yangi tahrirdagi Ustavi loyihasi shuningdek, jamiyat o‘rta va uzok muddatli strategiyalari, bundan tashqari Kengashni kun tartibi bo‘yicha yilishi pozitsiyalari kiradi.

13. Jamiyatning yagona aksiyadorining yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda taqdim etilishi majburiy bo‘lgan qo‘shimcha axborotning (materiallarning) ro‘yxati qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin.

14. Jamiyatning yagona aksiyadorlari yig‘ilishining kun tartibidagi masala yozma ravishda asoslangan tartibda kiritiladi.

15. Jamiyatning yagona aksiyadorining har yilgi kun tartibidagi qo‘yidagi masala ko‘rib chiqishi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishlari uchun Jamiyatning ijroiya organi va taftish komissiyasi qaror qabul qilingan kundan kamida yetti kalendar kun oldin Jamiyatning yagona aksiyadori tomonidan unga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etadi:

- Jamiyat ijroiya organi hisoboti jamiyat faoliyatining yil yakunlari va jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish natijalari to‘g‘risidagi hisoboti;

- Jamiyat Taftish komissiyasining o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hisoboti va Taftish komissiyasining hisobot yilidagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish to‘g‘risidagi xulosasi;

- Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bo‘yicha auditorlik tashkilotining xulosasi;

- Jamiyatning yillik hisoboti, shu bilan birga Jamiyatning yagona aksiyadoriga tasdiqlash uchun taqdim etilgan jamiyatning moliyaviy hisobotidagi ma’lumotlarning ishonchliligi jamiyatga yoki jamiyatning yagona aksiyadoriga mulkiy manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanishi kerak;

- foydani taqsimlash bo‘yicha takliflar;

- Jamiyatning taftish komissiyasi a’zoligiga nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

- Jamiyatning taftish komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan haq va kompensatsiya miqdori bo‘yicha Kengash tavsiyalari;

- Jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyat ustavining yangi tahririni loyihasini qiritiladi.


IV. JAMIYAT YAGONA AKSIYADORNING NAVBATDAN TASHQARI YIG‘ILISHI


16. Jamiyatning yagona aksiyadorining navbatdan tashqari yig‘ilishi quyidagi sabablarga asosan o‘tkaziladi:

- shaxsiy tashabbusiga asosan;

- Jamiyat kengashining qaroriga asosan

- taftish komissiyasi yozma talabiga binoan;

- Jamiyat ijroiya organi – Boshqaruv raisini yozma talabiga asosan.

17. Jamiyatning yagona aksiyadorining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talabnomada yig‘ilish kun tartibiga kiritilishi kerak bo‘lgan masalalar kiritilishi kerak.

18. Jamiyatning yagona aksiyadorining navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi arizaga Jamiyatning yagona aksiyadorining navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirishni talab qiladigan shaxs tomonidan imzolanadi.

19. Jamiyatning Kengashi, taftish komissiyasi va Ijroiya organi – Boshqaruv raisi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi chaqiruvi haqidagi talabini taqdim etishidan boshlab 10 kun ichida jamiyatning Kengashi tomonidan yagona aksiyadorning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi chaqirilishi yoki uni chaqirilishini rad etish haqida qaror qabul qilinishi kerak.

20. Jamiyat kengashi yagona aksiyadorning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish yoki uni chaqirilishini asosli ravishda rad etish borasidagi qarori qabul qilinganidan so‘ng uch ish kunidan kechiktirmasdan yagona yig‘ilish chaqirilishini talab qilgan shaxslarga jo‘natiladi.

21. Agar Jamiyatning yagona aksiyadori o‘z vakolati bilan bog‘liq masalalarni favqulodda ko‘rib chiqish o‘z tashabbusi bilan amalga oshirilsa, Jamiyat yagona aksiyadori ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan masalalar ro‘yxatini tuzadi, Jamiyat Kengash va ijroiya organi – Boshqaruv raisiga kun, vaqt, ko‘rib chiqish joyi va qaror qabul qilish to‘g‘risida xabar beradi. ushbu masalalar, shuningdek tegishli ma’lumotlar (materiallar) va hujjatlarni tayyorlaydi.

22. Kengash, Taftish komissiyasi, Jamiyatning ijriya organi – Boshqaruv raisi Jamiyatning yagona aksiyadori tomonidan qaror qabul qilingan kundan kamida yetti kalendar kun oldin unga ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha barcha zarur ma’lumotlarni (materiallarni) va hujjatlarni taqdim etadi.

23. Jamiyatning Boshqaruv raisi Jamiyatning taftish komissiyasining talabiga binoan chaqiriladigan Jamiyatning yagona aksiyadorlari yig‘ilishining kun tartibidagi masalalar tarkibiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega emas.


V. JAMIYAT YAGONA AKSIYADORINING QARORI


24. Quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar Jamiyatning yagona aksiyadori tomonidan Jamiyatning Kengashi tavsiyasiga binoan qabul qilinadi:

- Jamiyatning foydlari va zararini taqsimlash, shu jumladan dividendlarni to‘lash hajmi, shakli va tartibi to‘g‘risida qaror qabul qilish;

- Jamiyat Taftish komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan haq va kompensatsiya miqdorini aniqlash.

25. Dividendlarni to‘lash, miqdori, shakli va to‘lash to‘g‘risidagi qaror Jvmiyatning yagona aksiyadori moliyaviy hisobot asosida, agar uning ishonchliligi to‘g‘risida tashqi auditorlik xulosasi bo‘lsa, qabul qilinadi.

26. Jamiyatning yagona aksiyadori oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

27. Dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi qarorda dividendlarni to‘lash boshlanishi va tugashi sanasi ko‘rsatiladi.

28. Jamiyatning yagona aksiyadori tomonidan qabul qilingan qarorlar yozma shaklda rasmiylashtiriladi.

29.Jamiyatning yagona aksiyadorining qarorida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

- qaror qabul qilingan sana, vaqt va joy;

- taklif etilgan shaxslar

- Jamiyatning yagona aksiyadoriga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan masalalar ro‘yxati;

- qabul qilingan qarorlar.

30. Jamiyatning yagona aksiyadorining qarori ikki nusxada qabul qilinganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay rasmiylashtiriladi. Qaror Jamiyatning yagona aksiyadori yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan imzolanadi.

31. Jamiyatning yagona aksiyadori tomonidan qabul qilingan qarorlar ijro etilishi imzolangan kuni jamiyatning ijroiya organi – Boshqaruv raisiga yuboriladi.

32. Jamiyatning yagona aksiyadori tomonidan qabul qilingan qarorlar ijro etilgandan so‘ng, saqlash uchun Jamiyatning arxiviga topshiriladi.

33. Jamiyatning yagona yaksiyadori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega. 34. Jamiyatning yagona aksiyadori yig‘ilishining kotibi Jamiyat korporativ munosabatlar va aksiyadorlar bilan aloqalar xizmati boshlig‘i yoki boshqa tayinlangan rahbar bo‘lishi mumkin.

35. Jamiyatning yagona aksiyadori yig‘ilishining kotibi:

yig‘ilishning bayonnomasini yuritadi;

yozma arizalar bo‘yicha yig‘ilish kun tartibidagi masalalarni muhokamasini hisobini yuritadi;

Jamiyatning yagona aksiyadori yig‘ilishining bayonnomasi ushbu yig‘ilish tamom bo‘lganida keyin o‘n kundan kechiktirmay ikki nusxada rasmiylashtiriladi.

36. Jamiyatning yagona aksiyadorlari yig‘ilishining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

yagona aksiyadorning yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt;

nutqlarning asosiy qoidalari, yagona aksiyador tomonidan ko‘tarilgan masalalar;

audio va video yozuvlar va yig‘ilish Internetda translyatsiya qilingan taqdirda, bu ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.

37. Jamiyatning yagona aksiyadorlari yig‘ilishi bayonnomasining ikkala nusxasi ham Jamiyatning yagona aksiyadori va yig‘ilish kotibi tomonidan imzolanadi.


VI. YAGONA AKSIYADORNING QARORINI BAJARILISHI


38. Jamiyatning yagona aksiyadori tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida u to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi va bayonnomasi, muhim fakt oshkor qilinishi kerak.

39. Jamiyatning tegishli ma’lumotlarni fond birjasining rasmiy veb-saytida e’lon qilishi kerak.

40. Jamiyatning yagona aksiyadori tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish Kengash va Jamiyatning ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi.


VII. YAKUNIY QOIDALAR


41. Ushbu Nizom amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar yoki jamiyatning ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar va / yoki qo‘shimchalar asosida o‘zgartirilishi va / yoki to‘ldirilishi mumkin.

42. O‘zgartirishlar va / yoki qo‘shimchalar, agar ushbu qarorda aniq sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Jamiyatning yagona aksiyadorining qarori bilan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.