Sayt test rejimida ishlayapti

Ichimlik va oqova suv sohasida davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha xalqaro ochiq tender

Ichimlik va oqova suv sohasida davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha xalqaro ochiq tender

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4040-son qaroriga ko‘ra Namangan shahar oqova suv inshootini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va ekspluatatsiya qilish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda mazkur loyiha Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, mazkur loyiha bo‘yicha xalqaro ochiq tender o‘tkaziladi.

Manfaatdor hamkorlar tenderda qatnashishga taklif etiladi.

Tenderda ishtirok etish istagini bildirgan hamkorlar 2020-yil 11-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha ro‘yxatga olinadi.