Sayt test rejimida ishlayapti

❗️ Diqqat!

"O‘zsuvta’minot" aksiyadorlik jamiyati tomonidan respublika miqyosida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlaridagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf qilish maqsadida @uzsuv_chat telegram guruhi ishga tushirildi.

Guruh maqsadi: jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholi bilan jonli muloqotni faollashtirish, ularning muammolarini tezkorlik bilan hal etish.

Endilikda Siz o‘z hududingizdagi ichimlik suvi va kanalizatsiya ta’minotida bo‘layotgan muammolarni ushbu guruhdagi mutaxassislar bilan bog‘lanib, bartaraf etishingiz mumkin.

⚠️ Guruhga murojaatlar quyidagicha yuboriladi:

1. #xeshteg bilan murojaatchi hududi;

2. F.I.Sh yoki abonent raqamingiz;

3. Murojaatning qisqacha mazmuni.