Sayt test rejimida ishlayapti

Hurmatli iste’molchilar!

Profilaktik va texnik ishlar olib borilayotgani sababli "UzPaynet" va to‘lov tizimlari agentlari hamda "Click" mobil ilovalari orqali ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda 2021-yil 1-yanvardan 15-yanvargachauzilishlar kuzatilishi mumkinligi ma’lum qilinadi. Ushbu uzilishlarni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan choralar yakunlanishi bilan Sizlarga qo‘shimcha xabar beriladi.

Bu kabi noqulayliklar uchun avvaldan uzr so‘ragan holda boshqa to‘lov vositalari (Payme, Upay, pochta shoxobchalari, bank filiallari va mobil ilovalar) orqali ichimlik va oqova suv xizmatlari uchunto‘lovlar qabul qilinmoqda.

“O‘zsuvta’minot” AJ Matbuot xizmati